Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda shifokor kaltaklandi

Namanganda shifokor kaltaklandi

Foto: IIV axborot xizmati

2020 yil 6 fevral kuni soat 10:30larda, 22 yoshli A.K, Chust tumanida joylashgan 46-sonli oilaviy poliklinkada bo‘la turib, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, poliklinika bo‘lim mudiri lavozimida ishlovchi 59 yoshli X.L. bilan o‘zaro gap tortishib, uning yuz qismiga qo‘li bilan urib, uning yuz va burun qismiga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring