Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda tog‘a va jiyan sababsiz bir kishini do‘pposlashdi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namanganda tog‘a va jiyan sababsiz bir kishini do‘pposlashdi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020-yilning 28-may kuni soat 23:00 da Norin tumani Katta Yaydoq MFY 34 yoshli M.K. va uning jiyani 22 yoshli K.M. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Haqqulobod-Chinobod avtomobil yo‘lining Norin tuman Tibbiyot birlashmasi binosining qarshi tomonida hech bir sababsiz 26 yoshli B.A.ni qo‘llari bilan urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan. Shuningdek yana B.A.ning boshqaruvida bo‘lgan «Nexia» rusumli avtomashinaning old, orqa va yon oynlarini sindirib, avtomashinaga zarar keltirishgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

Holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring