Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi ayovsiz mushtlashuv bo‘yicha Bosh prokuratura bayonot berdi

Namangandagi ayovsiz mushtlashuv bo‘yicha Bosh prokuratura bayonot berdi

Videolavhadan skrinshot.

Avvalroq saytimizda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mushtlashuv haqida xabar berilgan edi. Ushbu hodisaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tezkorlik bilan javob berdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, «...mazkur holat Namangan viloyati Norin tumani Qo‘rg‘oncha MFY hududidagi «Baliqxona»da sodir  bo‘lgan». Ushbu  voqelik yuzasidan Norin tuman IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

S.Rahmonova alohida ta’kidladiki, mazkur jinoyat ishi yurituvi ustidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring