Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvga berilgan «Nexia» haydovchisi qo‘lga olindi

Qidiruvga berilgan «Nexia» haydovchisi qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Foto: «Drive2»

Shu yilning 6-yanvar kuni noma’lum haydovchi davlat raqamlari aniqlanmagan «Nexia» rusumli avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida haydab ketayotib «Yangiobod» MFYda yashagan piyoda X.P.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgandi.

Natijada X.P. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Yakkabog‘ tumani «Jiyda» MFYda yashovchi 23 yoshli O‘.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring