Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odamlarga bepul yuridik yordam beradigan muassasaga rahbar tayinlandi

Odamlarga bepul yuridik yordam beradigan muassasaga rahbar tayinlandi

To‘lqin Tursunov «Madad» nodavlat notijorat muassasasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlangan. Muassasa 12-sentyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bu muassasa Adliya vazirligining taklifiga asosan 6-sentyabr kuni hukumat qaroriga asosan tashkil etilgan edi.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, muassasaning asosiy maqsadi aholiga beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

«Madad»ning asosiy vazifalari:

  • fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yo‘li bilan birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatadi;
  • fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy sohadagi o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda oshirib borish uchun ko‘ngillilarni jalb etadi;
  • fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid so‘rovlarni tahlil qilib boradi, tahlil natijasi bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
  • aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullar, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini amaliyotga tatbiq etadi;
  • «Advice.uz» (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalini muntazam ravishda yuritadi va yangilab boradi.

Muassasa respublikaning 14 ta hududidagi bo‘linmalari, shu bilan birga, tuman (shahar)larda faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan huquqiy maslahat byurolari orqali xizmat ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring