Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamlarni «qiyratgan» soxta DXX xodimi va «polkovnik» qo‘lga olindi

Odamlarni «qiyratgan» soxta DXX xodimi va «polkovnik» qo‘lga olindi

Foto: «Day.Az»

1955-yili Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug‘ilgan J.M. mahalliy fuqaroga o‘zini Mudofaa Vazirligining maxsus operatsiyalar bo‘limidan polkovnik, deb tanishtirib, uni kelgusida Davlat xavfsizlik xizmati idoralariga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qiladi va evaziga 8 ming AQSh dollari so‘raydi, deb yozadi «O‘zA».

U Qamashi tumani Iftixor ko‘chasida joylashgan «Hunarmand» oshxonasida yuqorida qayd etilgan 8 ming AQSh dollaridan 4 mingini olayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davomida uning yonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus operatsiyalar bo‘limi, polkovnik J.M. nomiga soxta ma’lumotlar bilan yozilgan qalbaki xizmat guvohnomasi topildi.

Bundan tashqari, o‘zini DXX xodimi deya tanishtirib, odamlar ishonchiga kirgan va hokimiyat idoralari bilan bog‘liq muammolarini hal qilib berish evaziga tovlamachilik qilib, ularning pulini olish bilan shug‘ullangan Xiva shahrida yashovchi 39 yoshli D.R.ning ham noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, D.R. bir necha fuqaroga yer uchastkalari ajratib berilishida yordamlashishni va’da qilib, ulardan jami 100 ming dollardan ortiq miqdorda pul olgan.

Hozirda M.J. hamda D.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring