Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘g‘li va jiyanlarini «UzAuto Motors»ga ishga kiritish uchun 3.700 dollar berib aldandi

O‘g‘li va jiyanlarini «UzAuto Motors»ga ishga kiritish uchun 3.700 dollar berib aldandi

Andijon viloyati Asaka tumani Yangisor MFY da yashovchi 38 yoshli A.A. 2020-yilning yanvar oyida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 49 yoshli T.T. ni ishonchiga kirib, uning o‘g‘li va jiyanlarini Asaka tumanida joylashgan «UzAuto Motors» AJga ishga olib kirib qo‘yishini va’da qilib, T.T. ning 3.700 AQSh dollar pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» (firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalalari ko‘rilmoqda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring