Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan 11 nafar ayolning «ishi» ko‘riladi

Bugun o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan 11 nafar ayolning «ishi» ko‘riladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilib, uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etilgan o‘n bir nafar ayolning «ishi» nazorat tartibida ko‘rib chiqiladi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sud majlisiga Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari taklif etilgani aytilmoqda.

Ayollar qanday jinoyat sodir etgan edi? Tayinlangan jazo muddatining qanchasini o‘tab ulgurishgan?  Sud natijasi-chi?

Shu va shu kabi savollarga yaqin soatlarda javob topamiz.

«Xabar.uz»ni kuzatib boring.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring