Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olti nafar qishloqdoshini qul qilib ishlatgan fuqaro qidirilmoqda

Olti nafar qishloqdoshini qul qilib ishlatgan fuqaro qidirilmoqda

Foto: «aktau-business.com»

Xorazmlik 31 yoshli fuqaro ishsiz yurgan 6 nafar qishloqdoshini Qozog‘istonda qul qilib, majburan ishlatgani ma’lum bo‘ldi.

«UzNews.uz» xabariga ko‘ra, Xorazm viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan majburiy mehnat ekspluatatsiyasini ko‘zlab sodir etilayotgan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarini fosh etish borasida qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, tezkor qidiruv tadbirlari davomida 1987-yil 9-may kuni Xorazm viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, oilali, muqaddam sudlanmagan, Xorazm viloyati, Xiva shahar, Bunyodkor ko‘chasi 21-uyda ro‘yxatda turuvchi K.Raximbayev moddiy mo‘may daromad topish maqsadida g‘araz niyatini amalga oshirgani aniqlandi. U ishsiz yurgan 6 nafar fuqaroga Qozog‘iston Respublikasida oyiga 2.000.000 mln so‘mlik oylik maosh berishni va’da qiladi. Harakati ishonchli chiqishi uchun Qozog‘iston Respublikasiga ketishdan oldin ularning har biriga avans tariqasida 100 AQSh dollari miqdorida pul beradi.

2018-yil 04-iyun kuni ularni chegara postlari orqali Qozog‘iston Respublikasi, Olmaota shahriga olib o‘tib, fuqarolik pasportlarini vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish bahonasida yig‘ishtirib oladi va og‘ir sharoitlarda majburan ishlatib, ishlagan ish haqlarini bermasdan, ularning mehnatidan muttasil ravishda foydalanib, odam savdosi jinoyatini sodir qilib keladi.

Ushbu holat bo‘yicha 2018-yil 14-oktyabr kuni, Q.Raximbekovga nisbatan O‘z.R JKning 135-moddasi 2-qismi «b, ye, z» bandlari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.

Hozirgi kunda, gumondor K.Raximbayev Qozog‘iston Respublikasida yurganligi sababli, unga nisbatan qidiruv e’lon qilib, qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring