Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan yana ikki shaxs 4000 dollar bilan qo‘lga tushdi

O‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan yana ikki shaxs 4000 dollar bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O.Yu va J.N. qo‘lga olindi.

Ular oldindan til biriktirib, fuqaro M.A.ning ishonchiga kirgan holda vakolatli tanishlari orqali uni Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 000 AQSh dollari talab qilishgani aytiladi.  Va «kelishilgan» puldan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat bo‘yicha firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring