Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ota o‘z farzandlarini jinoiy sherik qildi

Ota o‘z farzandlarini jinoiy sherik qildi

Foto: «proural.info»

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida shu yil 6-oktyabr kuni «Ko‘hna shahar» MFYda yashovchi O‘.Q. IIBga ariza bilan murojaat qildi.

U shu yil 28-sentyabr kunidan 5-oktyabr kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar «Ruslan chorvador invest» fermer xo‘jaligi dala maydonidan 5 bosh qoramolni o‘g‘irlab ketganliklarini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni «O‘zbekiston» MFYda yashovchi R.Sh. va uning birga yashovchi o‘g‘illari O.Sh. hamda A.Sh.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring