Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z turmush o‘rtog‘ini chuv tushirgan firibgar er

O‘z turmush o‘rtog‘ini chuv tushirgan firibgar er

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 20-yanvar kuni 45 yoshli Dilfuza U. ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Arizada yozilishicha, Dilfuza U.ning shar’iy turmush o‘rtog‘i 43 yoshli Sherali U. uning ishonchiga kirgan. 2012-yil 21-avgust kuni Samarqand shahar Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birini bank orqali yosh oilalarga beriladigan imtiyozli kredit asosida ukasi Dilshod U.ning nomiga sotib olib, keyinchalik ushbu xonadonni uning nomiga o‘tkazib berishni va’da qilgan. 2013-yildan 2017-yilning dekabr oyiga qadar undan xonadon uchun 35.000 AQSh dollari pullarni olgan. Keyinchalik xonadon uchun kredit to‘lovlari to‘liq so‘ndirilgan. Uni esa ushbu xonadondan chiqartirib yuborish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudi tomonidan qaror chiqarilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring