Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston «militsiya» atamasidan voz kechdi

O‘zbekiston «militsiya» atamasidan voz kechdi

Foto: «Uza.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, bir qator moddalarda «Militsiya xodimi» degan atama «Ichki ishlar organlari xodimi» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Xususan:

194-moddaning:

nomidagi «Militsiya xodimining» degan so‘zlar «Ichki ishlar organlari xodimining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki ko‘rsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik»;

195-moddaning:

nomidagi «Militsiya xodimlarining» degan so‘zlar «Ichki ishlar organlari xodimlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ichki ishlar organlari xodimining o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimlariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish»;

196-moddaning:

nomidagi «militsiyaning» degan so‘z «ichki ishlar organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

dispozitsiyasidagi «militsiyaning» degan so‘z «ichki ishlar organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

199-moddaning dispozitsiyasidagi «Militsiya» degan so‘z «Ichki ishlar organi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

242-modda birinchi qismining 4-bandidagi «(militsiya)» degan so‘z chiqarib tashlansin;

Shu bilan birga yana bir qator moddalarda «Militsiya xodimi» degan atama «Ichki ishlar organlari xodimi» degan so‘zlar bilan almashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring