Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida yong‘in sodir bo‘ldi

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 21.08.2019 yil kuni, tungi soat 01:54da, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 69-uyda joylashgan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi xududida joylashgan binoning oshxonasi, yordamchi xonalari va tom qismi 400 kv.m. maydonida yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 02:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:45da qurshab olinib, soat 03:36da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 12 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring