Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda bepul huquqiy maslahat berishga mo‘ljallangan portal ishga tushirildi

O‘zbekistonda bepul huquqiy maslahat berishga mo‘ljallangan portal ishga tushirildi

Foto: «Huquqiy axborot»

O‘zbekistonda bepul huquqiy maslahat berishga mo‘ljallangan www.advice.uz portali rasman ish boshladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Portal orqali mehnat, oila, ijtimoiy himoya, soliq, uy-joy, sog‘liqni saqlash, transport va boshqa sohalardagi qonunchilik haqida ma’lumot olish mumkin.

«Advice.uz» da ma’lumotlar mazmuni aniq va maqsadli, tili sodda va tushunarli, foydalanuvchilarga qulay shaklda joylashtirilgan. Buyuk Britaniyaning mashhur «Citizens Advice» tarmog‘i tajribalari asosida yaratilgan.

Ma’lumotlar bilan o‘zbek va rus tillarida, portalning «Chet elliklarga eslatma» bo‘limi bilan esa arab, xitoy, rus, ingliz, fransuz, ispan tillarida tanishish mumkin.

Bundan tashqari, portalda maxsus onlayn-maslahatchi xizmati orqali ham huquqiy masalalarga yechim topish imkoniyati yaratilgan.

Tez orada O‘zbekistonning har bir tuman (shahar)ida «Advice.uz»ning maslahat byurolari o‘z faoliyatini boshlaydi. Mazkur byurolar orqali ham turli hayotiy masalalar yuzasidan bepul huquqiy maslahat olish mumkin bo‘ladi.

2019 yil uchun mo‘ljallangan Davlat dasturida Adliya vazirligiga fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berishga mo‘ljallangan «Advice.uz» interaktiv axborot portalini tashkil etish vazifasi yuklangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring