Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga noqonuniy kirib kelgan shaxslar qidirilmoqda

O‘zbekistonga noqonuniy kirib kelgan shaxslar qidirilmoqda

2022-yil 17-noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan ikki shaxs qidirilmoqda.

1992-yilda tug‘ilgan Jamalov Baqijon Ibragim o‘g‘li (Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, Ostona shahri, Kabanboy Batir ko‘chasi 60/1 uy 3 xonadonda yashovchi) va uning shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i 1999 yilda tug‘ilgan Nugmanova Nodirabegim Amanjul qizi (Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, Aktau qalasi 12A-kichik tumani 14 uyda yashovchi)ga nisbatan Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 223-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

«Hurmatli fuqarolar, agarda siz ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 102 raqami yoki +998999229677, +998999896288, +998991041212 orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Maxfiylik kafolatlanadi», deyiladi Toshkent viloyati IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring