Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkent tibbiyot birlashmasi mansabdorlari katta miqdorda pul o‘zlashtirishda ayblanmoqda

Parkent tibbiyot birlashmasi mansabdorlari katta miqdorda pul o‘zlashtirishda ayblanmoqda

Parkent tuman prokuraturasi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni sarflanishi, davlat mulki va boshqa ob’yektlarni saqlanishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan. Bu haqda Toshkent viloyat prokuraturasining rasmiy bayonoti e’lon qilindi.

Tekshirish yakuniga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 2019-2020 moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini 1 mlrd. 193 mln 205 ming so‘m miqdorda buzgan.

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 1 mlrd. 511 mln 123 ming so‘m pul mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.

Mazkur holatlar 36 nafar tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va ishga aloqador guvohlarning ko‘rsatmalarida bayon etilgan. Bundan tashqari, sohtalashtirib, noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan tabellar, shtat-smeta hujjatlari va boshqa dalillar ish hujjatlariga qo‘shilgan.

Ayblanuvchilarga nisbatan protsessual tartibda «qamoq», «uy qamog‘i» va «garov» ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Parkent tuman prokuraturasi tomonidan tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 184(1)-moddasi 2-qismi va 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan va tergov yakuni bo‘yicha jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun JIB Parkent tuman sudiga yuborilgan, deyiladi prokuratura xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring