Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgan bank xodimlari aniqlandi

Pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgan bank xodimlari aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» Andijon viloyati filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, bankning Asaka filiali sayyor kassa hisobchi-nazoratchilari N.Q. va S.R. 158 nafar fuqaroning jami 90,3 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini tarqatmasdan, to‘lov qaydnomalarida imzolarni soxtalashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shuningdek, bank filialining sobiq rahbari U.Yu. va boshqalar «E.D.» MChJ tomonidan kredit mablag‘ini to‘liq so‘ndirish uchun to‘langan 58 mln so‘mni bankka kirim qilmasdan o‘zlashtirganligi, qilmishlarini yashirish maqsadida notarial idoraga soxta hujjatlar taqdim qilib, garovdagi mulkka qo‘yilgan taqiqni bekor qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring