Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Po‘lat Bobojonov: «Oilalardagi qotilliklar 19,5 foizga kamaydi»

Po‘lat Bobojonov: «Oilalardagi qotilliklar 19,5 foizga kamaydi»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan suhbatda sodir bo‘lgan jinoyatlar tahliliga to‘xtalib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, jamoatchilik va mahalla faollari bilan birgalikda nizolashayotgan yaqin qarindoshlarni yarashtirish choralari ko‘rilganligi natijasida oila-turmush doirasidagi qotilliklar 19,5 foizga, og‘ir tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar esa 36,3 foizga kamaygan.

Muqaddam sudlanganlar, xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, mahalliy hokimliklar hamda bandlikka ko‘maklashish markazlarining o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Jinoyat sodir etgan o‘quvchilar soni 1 ming 565 nafardan 973 nafarga yoki 37,8 foizga, ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar 37,9 foizga kamaygan. 

Ichki ishlar organlarining mahalla faollari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, prokuratura va boshqa organlar bilan olib borgan hamkorligi natijasida 2018 yilda 2 ming 301 mahallada bironta ham jinoyat sodir etilmadi. Umumiy jinoyatchilik esa 2018 yilda o‘tgan 2017 yilga nisbatan 33,5 foizga kamaygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring