Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshidagi mahallada 28 mln so‘mlik quvurlar o‘g‘irlab ketildi

Qarshidagi mahallada 28 mln so‘mlik quvurlar o‘g‘irlab ketildi

Foto: «999.md»

Qarshi shahar «Aralovul» mahallasida yashovchi fuqaro X.Z. 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, 2021-yil 6-oktyabr kuni soat 11:45 larda mazkur mahallada joylashgan «Zamin» choyxonasidan bozor bahosi 28 mln so‘mlik, diametri 76 sm va 50 sm bo‘lgan jami uzunligi 700 metr quvurlarni noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Qashqadaryo viloyat IIB xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur o‘g‘irlik jinoyatini Qarshi shahar «Darvozatutak» mahallasida yashovchi E.A. va Koson tumani «Darcha» mahallasida yashovchi B.G‘.lar sodir etganligi aniqlangan.

Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB TB tomonidan E.A va B.G‘.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring