Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi

Foto: «Movqe.az»

2019-yil 12-yanvar kuni noma’lum shaxslar yuziga niqob kiyib, qurollangan holda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi A.Sh.ning uyiga bostirib kirib, unga qo‘llari bilan jarohat yetkazgan hamda A.Sh.ning qizi va turmush o‘rtog‘ini qo‘rqitib, milliy va xorijiy valyutadagi pullarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chiroqchi tumani Suvlik qishlog‘ida yashovchi va vaqtincha Yakkabog‘ tumani Yakkabog‘ qo‘rg‘onida yashovchi shaxslar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring