Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaynisinglisiga bolta bilan hamla qilgan shaxsga hukm o‘qildi

Qaynisinglisiga bolta bilan hamla qilgan shaxsga hukm o‘qildi

Illyustrativ foto

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi ochiq sud majlisida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Bahromov Doniyor (shaxslar va joylarning nomi o‘zgartirlgan) 2020-yilning 10-fevral kuni soat 17.30 larda o‘zi istiqomat qilib kelayotgan Olmazor tumanidagi uyda qaynisinglisi (xotinining singlisi) Ergasheva Lobar bilan o‘zaro janjallashib qolishadi. O‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida Doniyor qo‘lida bo‘lgan bolta bilan Lobarning bosh qismiga urib, unga tan jarohati yetkazadi.

Sud-tibbiy ekspertizasining 19.02.2020-yildagi 738-sonli xulosasiga ko‘ra, Ergasheva Lobarda «bosh miya ochiq jarohati, bosh miya yengil darajali lat yeyishi, bosh o‘ng chakka suyagining bo‘lakchalanib ochiq sinishi, bosh o‘ng chakka sohasi ezilib-yirtilgan yarasi» kabi tan jarohatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu tan jarohatlari og‘irlik darajasi bo‘yicha yetkazilish vaqtida hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir toifadagi tan jarohati deb baholangan.

Sud Bahromov Doniyorning aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini inobatga olib, unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan  3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

X.Karimjonov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudya yordamchisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring