Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi

Qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi

Foto: «Sxabar»

Sudning hukmiga ko‘ra, D.Toshmatova Turkiya davlati fuqarosi «Ali» ismli shaxs bilan oldindan o‘zaro til biriktirib, 2021-yil aprel oyining boshlarida fuqarolar F.Axmatqulova va Z.Yorbekovani Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanib daromad qilishlari uchun jo‘natishi, ularni «Ali» ismli tanishi kutib olib, Turkiya davlati, Antaliya shahri, Belek mahallasida joylashgan mehmonxonasiga joylashtirib, fohishalik bilan shug‘ullanishlariga sharoit yaratib berishi, evaziga daromadlarini 50 foizini «Ali»ga berishlari, 50 foizi o‘zlarida qolishi, erkaklar bilan munosabatga kirishishlariga qarab, daromadlari ko‘p bo‘lishi haqida qiziqtirib, ular rozi bo‘lishganidan so‘ng, ularni fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmog‘i orqali «Ali»ga ularning fotosuratlarini ko‘rsatib, «Ali» qizlar unga yoqqanligini ma’lum qilganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi viza pasportini rasmiylashtirishga va boshqa xarajatlar uchun Z.Yorbekovaga 1.000.000 so‘mni berib, ularning nomiga O‘zbekiston Respublikasining viza pasportini rasmiylashtirilishi uchun IIBga murojaat qilishlariga va davlat bojini to‘lashlariga erishib, ikki nafar shaxsni O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib o‘tgan holda, undan foydalanish maqsadida yollash jinoyatini sodir etgan.

Bundan tashqari, D.Toshmatova takroran 2021-yil aprel oyining boshlarida fuqaro N.Xolmurodovani Turkiya davlatiga jo‘natishini, u yerda millati turk tanishi kutib olishi va «Zirve» mehmonxonasiga joylashtirib, fohishalik bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratib berishi, evaziga daromadining 50 foizini «Ali» olishi, qolgan 50 foizini unga berishini ma’lum qilib, uni qiziqtirib, N.Xolmurodova rozi bo‘lganidan so‘ng, uning fotosuratini internet ijtimoiy tarmog‘i orqali «Ali» ga ko‘rsatib, «Ali» unga yoqqanligini ma’lum qilganidan so‘ng, N.Xolmurodovaga O‘zbekiston Respublikasi Viza pasportini rasmiylashtirib olishini ma’lum qilib, shaxsni O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib o‘tgan holda, undan foydalanish maqsadida yollash jinoyatini sodir etgan.

Shuningdek, D.Toshmatova takroran, «Ali» ismli tanishi bilan oldindan o‘zaro til biriktirib, 2021-yil 15 aprel kuni N.Kaipovani Turkiya davlatiga jo‘natishi, uni «Ali» ismli tanishi kutib olishi, «Ali» «Zirve» nomli mehmonxonaga joylashtirib, fohishalik bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratib berishi, evaziga daromadining 50 foizini «Ali»ga berib, 50 foizi o‘ziga qolishi, ko‘p pul ishlab topishi haqida qiziqtirib, yuborgani evaziga Turkiya davlatiga yetib borganidan so‘ng D.Toshmatovaning o‘ziga 300 AQSh dollarini berishini ma’lum qilib, o‘zaro kelishganlaridan so‘ng, N.Kaipovaning fotosuratini internet ijtimoiy tarmog‘i orqali «Ali» ga ko‘rsatib, «Ali» ma’qullab, N.Kaipovaning nomiga 100 AQSh dollari jo‘natganidan keyin, N.Kaipova 100 AQSh dollarini ATB «Ipoteka bank» Sirdaryo viloyat filialidan 1.046.000 so‘mga almashtirib, 210.000 so‘mini koronavirusga test topshirish, 290.000 so‘mini shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib, qolgan 546.000 so‘mni o‘zida saqlab kelgan.

Shundan so‘ng «Ali» N.Kaipovaning nomiga O‘zbekiston-Turkiya yo‘nalishi bo‘yicha elektron aviachipta yuborib, D.Toshmatova 2021-yil 17-aprel kuni soat 05:45 larda shu aviachipta bilan N.Kaipovani Turkiya davlatiga yuborish maqsadida Toshkent shahar xalqaro aeroportiga olib borish uchun «Spark» rusumli avtomashinasida «M-34» avto yo‘lining Guliston shahar, Bahor mahallasi hududidan o‘tgan 110 km.da olib ketayotgan vaqtda ushlangan.

D.Toshmatovaning jinoiy sherigi «Ali»ga esa jinoyat ishining qismi ajratilib, dastlabki tergov organi tomonidan uni topish va ushlash maqsadida jinoyat ishi alohida ish yurituvga olindi.

Sud mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqib, D.Toshmatovaga O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi «b», «d», «ye», «z» bandlari bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Baxtiyor Mamadaminov,

Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi

Shohrux Abdusalomov,

Sirdaryo viloyat sudining sudya katta yordamchisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring