Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘lga tushgan mansabdorning yana bir qilmishi aniqlandi

Qo‘lga tushgan mansabdorning yana bir qilmishi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i B.Yu. o‘z xizmat xonasida 2 500 AQSh dollari bilan ushlangandi.

Departament matbuot xizmatiga ko‘ra, ayni tadbir jarayonida mansabdorning boshqa qilmishlari ham fosh etildi.

Unga ko‘ra, B.Yu. mansab vakolatini suiiste’mol qilib, bir yil avval 4 nafar fuqaro fuqaro nomiga soxta hujjatlar asosida 32 sotix yer maydoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib, so‘ng (o‘sha yer maydonini) Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi bir shaxsga 14 000 AQSh dollariga sotib yuborgani ham aniqlandi.

Holat yuzasidan JK (Jinoyat kodeksi)ning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring