Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qoraqo‘ton» konidan katta miqdorda oltin o‘g‘irlaganlarga hukm o‘qildi

«Qoraqo‘ton» konidan katta miqdorda oltin o‘g‘irlaganlarga hukm o‘qildi

Foto: «dw.com»

2019-yilning iyun oylarida «Navoiy kon – metallurgiya kombinati» davlat korxonasi tasarrufidagi «Qoraqo‘ton» konida ishlovchi 38 yoshli Z.X. tarkibida oltin bo‘lgan ma’danli toshlarni o‘g‘irlash maqsad qiladi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Z.X. konning boshqa ishchilari 28 yoshli F.A., 30 yoshli B.S., 35 yoshli A.R., 30 yoshli I.J., 28 yoshli B.B., 32 yoshli Sh.B., 30 yoshli L.A., 23 yoshli J.J., 26 yoshli J.A., 34 yoshli T.X., 29 yoshli B.S., 27 yoshli M.S., 41 yoshli S.O., 32 yoshli F.A. va 31 yoshli X.K.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, jinoiy rol va vazifalarini taqsimlaydi. Unga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasi, ya’ni 2019 yilning 13-17 iyun kunlari davomida qonunga xilof ravishda tarkibida oltin bo‘lgan ma’danli toshlarni qazib olib, yig‘ishib, ularni qoplarga joylab, smenaning oxirgi kuni yer osti kon texnikalari yordamida shaxtaning kirish joyiga olib chiqib qo‘yadi. So‘ng, jami bahosi 438.039.729 so‘mlik, tarkibida 1176,96 gr. oltin va 1210,52 gr. kumush bo‘lgan umumiy og‘irligi 9930 kg. ma’danli toshlarni «MAZ» rusumli navbatchi yuk avtomashinasida yashirin ravishda kon hududidan olib chiqib ketishga erishishadi

Shundan so‘ng, 2019-yil 18-iyun kuni taxminan soat 02:30 larda B.S. va S.M.lar umumiy og‘irligi 5540 kg. bo‘lgan ma’danli toshlarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lishganida Paxtachi tumani Ziyovuddin shaharcha IIB xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, har bir ishtirokchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan juda ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan ayblov e’lon qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining 2019 yil 18 dekabr kunidagi hukmiga ko‘ra, har bir shaxsga jinoyat sodir etishdagi ishtirokchilik darajasini hisobga olib, tegishli moddalar bilan aybdor deb topilib, Z.X.ga 9 yil 6 oy, F.A.ga 8 yil va boshqalarga ham turlicha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring