Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda qo‘lga olingan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berildi

Qozog‘istonda qo‘lga olingan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berildi

Arxiv foto

Internet tarmog‘ida Qozog‘iston Respublikasi hududida go‘yoki jinoyat sodir etganlikda asossiz ayblanayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 59 yoshli Hurram B.ning qo‘lga olinganligi haqida xabarlar tarqamoqda, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Mazkur fakt bo‘yicha IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

2013-yilning oxirida Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga fuqaro E.E. va F.P.lardan kelib tushgan arizada mazkur fuqarolar 2013-yilning avgust oyining oxirida ularga Chimkent shahrida (Qozog‘iston Respublikasi) katta maosh to‘lanadigan ish taklif qilgan bir guruh shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘radilar. Jabrlanuvchilarga qonuniy ishga joylashish va’da qilingan. O‘sha yilning o‘zida o‘zlarini «Mustaqil mardikorlar tashkiloti» vakillari sifatida tanishtirgan shaxslar E.E. va F.P.larni Chimkent shahriga olib ketishgan. Chimkentga yetib borgach, ularning pasportlarini olib qo‘yishgan va qurilishda ishlashga majbur qilib, va’da qilingan maoshni to‘lashmagan. 

2013-yilning 19-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jabrlanuvchilarning arizalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi («Odam savdosi») «b» bandi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi shaxslar aniqlandilar. Ular surxandaryolik 1961-yilda tug‘ilgan Hurram B., Nuraddin D. va Faxriddin T. bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Nuraddin D. va Faxriddin T.lar jinoiy javobgarlikka tortilib, mahkum etildilar. Hurram B. esa 2014-yilning yanvar oyida qidiruvga e’lon qilindi.

2020-yilning fevral oyida Hurram B.ning turar joyi aniqlandi va Qozog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida qo‘lga olindi. 17-avgust kuni, karantin cheklovlari bekor qilingach, Hurram B. qonuniy chora ko‘rilishi uchun O‘zbekistonga etap qildirildi. Shuningdek ma’lum qilamizki, Hurram B. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasi «g» bandi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. Unga qarshi boshqa hech qanday ayblov ko‘zda tutilmagan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring