Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda otasining «Damas»iga ega chiqish uchun uka o‘z akasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Samarqandda otasining «Damas»iga ega chiqish uchun uka o‘z akasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Foto: «Sputnik»

Joriy yilning 13-aprel kuni soat 8:00 larda Bulung‘ur tuman IIBga tumanning «Elobod» mahallasi «Ashirto‘p» qishlog‘ida yashagan fuqaro S.ning murdasi uyi yaqinidagi tol daraxtiga osilgan holatda topilganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Bulung‘ur tuman IIBga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Mazkur xabar asosida tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi va murda ko‘zdan kechirilganda, marhumning tanasida shubhali holatda, ya’ni bo‘yin qismida uch izli strangulyasion egatlar, o‘ng kurak usti, qornining chap yonbosh sohasi, chap tizza bo‘g‘imi oldingi yuzasida shilinmalar, chap boldir o‘rta uchligi oldingi yuzasida qontalash kabi tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida, marhumning ukasi I. akasi S. bilan oldindan bo‘lgan o‘zaro kelishmovchiligi tufayli akasi boshqarib kelgan otasiga tegishli «Damas» rusumli avtomashina ustida janjallashib, sintetik ip bilan akasining bo‘yin sohasidan qasddan bo‘g‘ib o‘ldirganligi aniqlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, I. akasi S. boshqarib yurgan otasiga tegishli «Damas» rusumli avtomashinasini o‘zlashtirishda ifodalangan tamagirlik niyatida uzoq qarindoshi voyaga yetmagan O. bilan til biriktirib, oldindan jinoiy reja tuzgan. 12-aprel soat 21:00 larda tumanning «Elobod» mahallasi ichki yo‘lida akasi S.ning boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashina salonida jinoiy sherigi O. akasining qo‘llarini ushlab turganidan foydalanib, sintetik ip bilan bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan I. va O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring