Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandlik opa-singilning «yigit talashishi» qotillik bilan yakun topdi

Samarqandlik opa-singilning «yigit talashishi» qotillik bilan yakun topdi

Foto: «tengrinews»

Shu yilning 25-dekabr kuni kunduzi Ishtixon tuman Do‘stlik mahallasidan oqib o‘tuvchi «Saynoq» kanalidan A.Muhammadiyevaning (1998-y.t.) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida ayol ikki kun avval qotillik qurboni bo‘lgani aniqlandi. Ya’niki, 23-dekabr kuni kech soat 21:30larda marhuma tug‘ishgan singlisi B.Muhammadiyeva (2001-y.t., sudlanmagan, ishsiz) bilan spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Gap orasida singil sevgan yigiti bilan opasi ham ishqiy munosabatlarga kirishib yurgani oshkor bo‘lgach, o‘rtada janjal ko‘tariladi. Natijada singil oshxona pichog‘i bilan opasining bo‘yin va qorin sohalariga bir necha marotaba uradi. So‘ng jinoyatini yashirish maqsadida murdani «Saynoq» kanaliga tashlab yuboradi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring