Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saylov munosabati bilan 22 mln. so‘mlik tanlov e’lon qilindi

Saylov munosabati bilan 22 mln. so‘mlik tanlov e’lon qilindi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Markaziy saylov komissiyasi, Xalqaro matbuot markazi va Xalqaro press-klub “Saylov-2019” munosabati bilan mukofot jamg‘armasi 22 mln. so‘mlik tanlov e’lon qildi.

Loyiha maqsadi saylov jarayoniga yoshlarni keng jalb etish, huquqiy savodxonlikni oshirish va barchani saylovda ovoz berishga chaqirishdan iborat.

Ishtirokchilar: yoshidan qat’i nazar, barcha professional va havaskorlar ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari

Talablar: saylov va uning insonlar hayotiga ta’siri haqida kreativ, ta’sirchan va zamonaviy yondashuv aks etgan hamda davomiyligi 2 daqiqagacha bo‘lgan videorolik tayyorlash.

Tanlovga planshet, shaxsiy kompyuter mobil telefon va boshqa vositalar orqali tayyorlangan videoroliklar ham qabul qilinadi.

Format: AVI, MP4, MOV, MPEG.

Janrlar: tanlovga istalgan janrdagi videomateriallar: sahnalashtirilgan, hujjatli, animatsion, musiqiy va boshqa janrdagi ishlar qabul qilinadi.

Arizalar 2019-yilning 15-oktyabridan 15-noyabriga qadar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ofisida hamda info@strategy.uz elektron pochtasi va telegramdagi rasmiy kanali orqali qabul qilinadi.

Tanlov nominatsiyalari:

  • Eng yaxshi sahnalashtirilgan videorolik;
  • Eng yaxshi animatsion videorolik;
  • Eng yaxshi informatsion videorolik;
  • Muxlislar e’tirofini qozongan videorolik.

Mukofot pullari:

  • 1-o‘rin uchun 10 million so‘m;
  • 2-o‘rin uchun 7 million so‘m;
  • 3-o‘rin uchun 5 million so‘m.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring