Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shaharsozlikda xorijiy normativ hujjatlardan foydalanishga ruxsat berildi

Shaharsozlikda xorijiy normativ hujjatlardan foydalanishga ruxsat berildi

2020 yil 14 martdan 2028 yil 31 dekabrga qadar O‘zbekiston hududida shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatidan tartibga solishga doir xorijiy normativ hujjatlar qo‘llanishiga ruxsat berildi. Ular milliy normativ hujjatlar bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin.

Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

— qonunchilikka muvofiq maxsus texnik shartlarni ishlab chiqqan holda, xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarining moslashtirish;
— zarur hollarda moslashtirilgan loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun vakolatli organ tomonidan jalb qilingan mustaqil xorijiy mutaxassislar va konsultantlar xizmatlari uchun to‘lov xarajatlari, ushbu hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalaridan qat’i nazar, buyurtmachi (investor) tomonidan qoplanishi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring