Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Siyosiy partiyaning vakolatli vakili qanday huquqlarga ega?

Siyosiy partiyaning vakolatli vakili qanday huquqlarga ega?

Amaldagi qonunchilikka binoan har bir siyosiy partiya o‘zining manfaatlarini ta’minlash maqsadida vakolatli vakil tayinlash huquqiga ega. Aytish kerakki, siyosiy partiyaning vakolatli vakili faoliyati saylov jarayonida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy partiya a’zosi yoki tarafdori yoxud unga xayrixoh bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi siyosiy partiyaning vakolatli vakili bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Saylov kodeksining34-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizomga muvofiq, Siyosiy partiyaning vakolatli vakili quyidagi huquqlarga ega:

- saylov komissiyasining majlislarida, saylov komissiyalariga hujjatlarni, shu jumladan to‘plangan imzo varaqlarini topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etishga;

- uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi bilan tanishish, shu jumladan uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini olishga haqli.

Siyosiy partiyaning vakolatli vakili takroriy ovoz berish paytida ham saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda hozir bo‘lishi mumkin.

Xudoyor Mamatov, 
Markaziy saylov komissiyasi a’zosi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring