Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta DXX xodimi IIB profilaktika inspektorini chuv tushirmoqchi bo‘ldi. Biroq...

Soxta DXX xodimi IIB profilaktika inspektorini chuv tushirmoqchi bo‘ldi. Biroq...

Foto: Xabar.uz

DXX xodimlarining prokuratura va ichki ishlar organlari vakillari bilan Qarshi shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida fuqaro O. Furqat firibgarlik bilan Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektoridan 200 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, O. Furqat profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini DXX xodimi deya tanishtiradi va unga nisbatan 2 ta holat bo‘yicha videoyozuv borligini aytib, agarda 200 AQSh dollari bersa, go‘yoki uning noqonuniy xatti-harakatlari aks etgan tasvirlanganlar bilan bog‘liq muammoni hal qilib berishini bildiradi.

Tezkor tadbir davomida Kitob tumanida tug‘ilgan O. Furqat yonidan DXX Chegara qo‘shinlarining qalbaki guvohnomasi va bir nechta fuqarolarning pasport nusxalari hamda fotosuratlari topildi. Shuningdek, u vaqtinchalik yashab kelgan Nishon tumani «Ulug‘bek» MFYdagi uydan leytenant unvonidagi DXXning harbiy kiyimi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxs muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun unga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Hozirda tergov harakatlari doirasida qalbaki guvohnomani kim tayyorlab bergani va undan jabr ko‘rgan yana boshqa fuqarolarni ham aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring