Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta rahbar fosh bo‘lib qoldi

Soxta rahbar fosh bo‘lib qoldi

Foto: «Fotostrana.ru»

Buxoro viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan O‘.B. o‘zini «Vobkent Binokor Invest» MChJ rahbari deb tanishtirib, o‘zga bir fuqaro S.J.ning ishonchiga kirib uni aldagan. Ushbu MChJning ijrochi direktori lavozimiga tayinlash va qurilish ob’yektlarini tanlov asosida olib berishda amaliy yordam berish, buning uchun Buxoro shahar moliya bo‘limida ishlovchi tanishlariga 400 AQSh dollari berishi kerakligini bildirib, Buxoro shahar «B.Naqshband» ko‘chasida joylashgan «Korzinka» savdo majmuasi avtoturargohida undan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring