Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud raisi tuman XTBga «yurish» qildi

Sud raisi tuman XTBga «yurish» qildi

Hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atama – bu «korrupsiya»dir. Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi... Shu bois taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir mamlakat, eng avvalo, shu illatga qarshi kurashadi.

Mamlakatimizda korrupsiya keng tarqalgan sohalardan biri xalq ta’limi tizimi ekani sir emas.  Buning ob’yektiv va sub’yektiv sabablari yetarli, albatta. Biroq mazkur tizimda korrupsiya mavjudligining xavotirligi shundaki, bu illat yosh avlod ruhiyati va dunyoqarashiga barvaqt ta’sir qiladi. Barvaqt ta’sir qilingan illatning asorati esa uzoq davom etishi ma’lum.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudi raisi S. Dusmanov va tuman IIB YHXB boshlig‘i D.Nishonov 48 ta umumta’lim ta’lim maktabi mutasaddilari bilan uchrashar ekan, muammoning ayni shu nuqtasiga e’tibor qaratishdi. Aytildiki, bugun bu illatga chek qo‘yilmasa, ertaga kech bo‘lishi mumkin. Shuningdek, maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar ham jiddiy tashvish uyg‘otayotir. Bundan keyin maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etiladigan har bir jinoyat favqulodda holat sifatida qaraladi, maktab direktoriga nisbatan xalq ta’limi boshqarmasiga xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildiriladi.

Tadbirda O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasining katta o‘qituvchisi F.Rashidov ishtirokini ham alohida qayd etish joiz.  Domlaning korrupsiya illati haqida milliy va diniy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda qilgan ma’ruzasi ancha ta’sirli chiqdi. Dunyoviy qonunlarda pora beruvchiga qo‘shilib, pora oluvchi ham jazoga tortilsa, Islomda bu gunohi kabira hisoblanishi, uning javobi ham qattiq bo‘lishi alohida urg‘ulandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring