Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: u nega muhim?

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: u nega muhim?

Foto: Xabar.uz

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi joriy etilmoqda.

Prezident Farmoni bilan sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Shu maqsadda Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etilishi belgilangan. 

Mazkur xizmat sud apparati xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, qonunchilik va kasb etikasi talablariga rioya etilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanadi. 

Farmonga muvofiq, sud apparati xodimlari hamda ularning oila a’zolariga tegishli daromad va mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Bu orqali manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy xavflarni erta bosqichda aniqlash imkoniyati kengayadi. 

Shuningdek, sud tizimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarning kasbiy va shaxsiy sifatlari, halolligi hamda korrupsiyaga qarshi barqarorligi baholanadi. Sud apparatiga ishga qabul qilish jarayonlari ochiq tanlov va meritokratiya tamoyillari asosida tashkil etiladi. 

Yana bir muhim jihat — korrupsiya va qonunbuzilish holatlari haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish mexanizmlari kuchaytiriladi, fuqarolar uchun xavfsiz aloqa kanallari yaratiladi. 

Ko‘zlangan asosiy maqsad — sud tizimida shaffoflik, halollik va qonuniylik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring