Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud raisi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ketmoqda...

Sud raisi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ketmoqda...

Foto: «Xabar.uz»

Navoiy viloyat ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi raisi Otabek Toshevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. Manbasdor O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 206-moddasida (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanayotir. Bu haqda O‘zbekiston Respublika Oliy sudi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Xabarda alohida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining shu yil 20-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi O.Toshevni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berish to‘g‘risidagi taqdimnoma ma’qullangan.

Alohida ta’kidlash shart: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga ko‘ra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi qonuni 63-moddasiga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring