Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda ayol o‘z otasiga pichoq urdi

Surxondaryoda ayol o‘z otasiga pichoq urdi

Foto: «Google.com»

Surxondaryoda 26 yoshli ayol o‘z otasiga pichoq urdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

2019 yil, 9 iyul kuni soat 20:30larda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 26 yoshli Sh.M. ismli ayol o‘z uyida otasi Sh. Yu. bilan janjallashib qoladi. 50 yoshli Sh. Yu. o‘sha vaqtda spirtli ichimliklar ta’sirida edi.

O‘zaro janjal oqibatida Sh. M, mast holda bo‘lgan otasi Sh.Yu.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Natijada Sh.Yu. kasalxonaga yotqizilib, Sh.M. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring