Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda ayol qizini sotmoqchi bo‘ldi

Surxondaryoda ayol qizini sotmoqchi bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida yashovchi ayol o‘zining bir yoshli qiz farzandini sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Bu haqda  «ZAMON» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, bolaning onasi jarqurg‘onlik bir ayol bilan tanishib, farzandini unga sotmoqchi bo‘ladi. Ammo jarqo‘rg‘onlik ayol bu holat qonunga zid ekanligini bilgan holda bu haqda huquqni himoya qilish organlariga murojaat qiladi.

IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida ayol o‘z farzandi uchun 12 million 600 ming so‘m pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

«Men bolamni sotmoqchi emasdim. Boqa olmaganim uchun berib yuborayotgandim. Sharoitim og‘ir, ota-onam ham bolamni qabul qilmayapti», — deya iddao qiladi ona.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring