Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida jinoiy guruhning 12 jinoyati fosh etildi

Toshkent viloyatida jinoiy guruhning 12 jinoyati fosh etildi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari «chorva o‘g‘irlashga ixtisoslashgan» jinoiy guruhning 12 jinoyatini bir vaqtda fosh etdi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ular 7 ta mahallada aholining 12 bosh mollarini o‘g‘irlagan. Jumladan, navbatdagi tadbir davomida «Darxon» mahallasi hududidan uch nafar noma’lum shaxslar shu yerda yashovchi fuqaroga tegishli, taxminiy narxi 7 million so‘m bo‘lgan bir bosh qora molni o‘g‘irlab ketayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Ushlangan shaxslar – O‘rta Chirchiq tumani «Mayramko‘l» mahallasida yashovchi 26 yoshli, A.T. va uning sheriklari 25 yoshli Sh.Sh. hamda 36 yoshli Sh.Sh lar ekanligi, ular jinoyatlarni puxta reja asosida may, avgust va sentyabr oylarida sodir etganligi aniqlangan.

Shu vaqt oralig‘ida ular tomonidan yettita mahalla hududidan o‘g‘irlangan 11 bosh qora mol va 1 bosh qo‘chqor ashyoviy dalil sifatida olinib, o‘z egalariga tilxat asosida qaytarilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB TB tomonidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «V» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring