Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 10 yoshli bolani talab ketishdi

Toshkentda 10 yoshli bolani talab ketishdi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 16-aprel kuni soat 12:30 larda noma’lum shaxslar Toshkent shahri Yashnobod tumani Aviasozlar dahasida joylashgan «Fidanza» nomli internet kafesining qarshisidan o‘tib ketayotgan voyaga yetmagan 10 yoshli O.Behruzbekning qo‘lida bo‘lgan narxi 1.372.000 so‘mlik telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bergan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 17 yoshli A.Aram va 18 yoshli A.Botirxonlar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanib, telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.Aram va A.Botirxonlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring