Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda hakamlik sudi raisi qo‘lga olindi

Toshkentda hakamlik sudi raisi qo‘lga olindi

Foto: «kommersant.uz»

Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Olmazor tumani hakamlik sudi raisi vazifasini bajaruvchi Mavlyuda A. qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi Toshkent shahar filialidagi manbamiz ma’lum qildi.

Aytilishicha, Mavlyuda A. fuqaro A.X. bilan til biriktirib, «X.Go‘zal» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSh) foydasiga «K. bino» MChJdan shirkat 13,6 mln. so‘m pul undirib berish evaziga 3 mln. so‘m talab qilgan. Talab qilgan puldan 750 ming so‘mini xizmat xonasida olayotgan paytda daliliy ashyo bilan ushlangan.

Ayni paytda Mavlyuda A.ga nisbatan JKning 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etuvchi NODAVLAT organ hisoblanadi. Mazkur huquqiy institut mamlakatimizda 2006-yilda tashkil etilgan bo‘lib, «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat yuritadi. Tashkil etilganiga o‘n yildan ko‘p vaqt bo‘lsa-da, mazkur sudlar haqida aksariyat fuqarolarda hatto tasavvur ham yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring