Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi firma 1 mln. dollar kredit mablag‘ini talon-toroj qildi — Bosh prokuratura

Toshkentdagi firma 1 mln. dollar kredit mablag‘ini talon-toroj qildi — Bosh prokuratura

Foto: «ForumDaily»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.R.» MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslari tomonidan 1 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari talon-toroj etilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, MChJ tijorat banklaridan dori-darmon vositalarini xorijiy davlatlardan import qilish uchun 3,8 millon AQSh dollari miqdorida qarz ko‘targan. Biroq import shartnomalaridagi narxlar sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilishi evaziga 1 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘i «singib ketadi», go‘yo... Bu holat shundog‘am xorijdan keltirilgan qimmat dori-darmonlar narxi battar oshib ketishiga olib kelishi ayon.

Mazkur holat yuzasidan «A.R.» MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring