Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaqtinchalik propiska bo‘yicha yana bir yangilik joriy qilindi

Vaqtinchalik propiska bo‘yicha yana bir yangilik joriy qilindi

Foto: «1news.uz»

O‘zbekiston hukumatining 29-maydagi qarori bilan mamlakatda bo‘lib turgan va joylashtirish vositalari, davolash muassasalari va boshqa turar joylarga joylashtirilgan chet el fuqarolariga nisbatan vaqtinchalik propiska qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik bekor qilindi, deb yozadi «Daryo.uz» «Gazeta.uz»ga asoslanib.

Endi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, MDHga a’zo mamlakatlar fuqarolari (mustaqil sayohat qilayotgan xorijliklardan tashqari) vaqtinchalik propiskasi uchun javobgarlik taklif qiluvchi yoki qabul qiluvchi shaxslar (turoperatorlar, joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati, shuningdek, turar joy egalari)ga yuklatiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, taklif qilgan yoki qabul qiluvchi shaxslar yaqin orada ishga tushiriladigan maxsus dastur orqali onlayn tarzda xabar qilish yoki ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilish yo‘li bilan chet el fuqarolarining vaqtinchalik propiskasini ta’minlaydi.

Vaqtinchalik propiska manzilga yetib kelinganidan keyin uch kun davomida (bayram va dam olish — yakshanba kuni hisobga olinmaydi) amalga oshiriladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring