Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijga sayohat qilmoqchimisiz? YaIDXP orqali MIBga berilgan qarz haqida ma’lumot oling

Xorijga sayohat qilmoqchimisiz? YaIDXP orqali MIBga berilgan qarz haqida ma’lumot oling

Chet elga sayohat qilishni rejalashtiryapsizmi? Birinchi navbatda Ijro hujjati bo‘yicha qarzning mavjudligini tekshiring. Agar qarzdorga nisbatan ijro etuvchi sud jarayoni boshlangan bo‘lsa, sud ijrochisi chet elga chiqishni ta’qiqlash yoki kompensatsiya sifatida mol-mulkni tortib olish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqlidir. Bunday holat kayfiyatni sezilarli darajada buzishi mumkin va qarzlarning dastlabki tekshiruvi ortiqcha emas, balki zarur bo‘ladi.

Qanday qilib bunday nohush kutilmagan xodisalarga tushib qolmaslik va barcha qarzdorliklardan xabardor bo‘lish mumkin?

Endilikda Siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (www.my.gov.uz) ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini olishingiz mumkin.

Majburiy ijro byurosiga jo‘natilgan qarzlaringiz to‘g‘risida ma’lumotni bilish uchun YaIDXP saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda «Fuqarolik» bo‘limida «Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish» (https://my.gov.uz/ru/service/319) xizmatiga o‘tish va «Xizmatdan foydalanish» tugmasini bosishingiz kerak bo‘ladi yoki «qarz», «MiB», «qarzdorlik» kalit so‘zlarini kiritib, saytning qulay qidirish tugmasidan foydalaning. Shundan so‘ng bir necha soniya ichida ijro hujjatlari haqida umumiy ma’lumotlar taqdim etiladi.

Ijro hujjatiga quyidagilar kiradi: qarz miqdori, ijro etuvchi ish yuritish raqami, ijro hujjatining mazmuni, byuro bo‘linmasining nomi va uning mas’ul xodimining telefon raqami.

Ushbu orqali siz o‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotni aniqlab olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring