Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Yana bir jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Foto: «Tviibb.uz»

Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan guruh a’zolari jinoyat ustida, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yil 17-fevral kuni Toshkent viloyati IIBBga Toshkent shahrida yashovchi fuqaro R.T. ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida «Dilnura», «Nodira» va «Aziz» ismli shaxslar Nurafshon shahrida joylashgan (aslida hech qayerda ro‘yxatda bo‘lmagan) 3 ta hovlini kadastr hujjatlarini qalbakilashtirib, 100 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘layotganini ma’lum qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 19-fevral kuni Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari va sohaviy xizmat xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkaziladi.

Tadbir davomida Nurafshon shahrida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan Dilnura A. (hozirda firibgarlik, va pora berish jinoyatlari bilan tergov ostida bo‘lgan), tanishlari 1997-yilda tug‘ilgan Aziz G‘. (2019-yilda firibgarlik jinoyati bilan sudlangan), va 1997-yilda tug‘ilgan Nodira I.lar ariza muallifidan talab qilingan pullarning 30 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Ushlangan shaxslardan 30 000 AQSh dollari miqdoridagi naqd pul, Nodira I. va Gulnora A. nomiga rasmiylashtirilgan Nurafshon shahar Navro‘z MFYda joylashgan «18-A» va «18-B» raqamli va Dilnura A. nomiga rasmiylashtirilgan «Istiqlol» MFYda joylashgan 10-raqamli uylarning qalbakilashtirilgan (hokim qaror va boshqalar) kadastr hujjatlari xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda qo‘shimcha surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring