Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi qaror bilan qonun va nizomga o‘zgartish kiritiladi

Yangi qaror bilan qonun va nizomga o‘zgartish kiritiladi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23-yanvar kuni «Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, bir hafta muddatda mazkur qaror qoidalari inobatga olingan holda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini kiritiladi.

Shuningdek, mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga dorivor moddalar (substansiyalar) va dorivor o‘simlik xomashyosini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring