Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qonun imzolandi

Yangi qonun imzolandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun (O‘RQ–673-son, 12.02.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxsning 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgani holda uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazoni qo‘llanilishi mumkin.

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazoni qo‘llanilishi mumkin.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra voyaga yetmagan shaxsni mehnatga biror-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlagan shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilandi.

(Ilgari ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng takror sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik belgilangan.)

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring