Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiariqning so‘kong‘ich hokimi javobgarlikka tortildi

Yangiariqning so‘kong‘ich hokimi javobgarlikka tortildi

Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimi Maxsud Saidov ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Yangiariq tuman ma’muriy sudi hokim M. Saidovni Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida («Haqorat qilish») ko‘rsatilgan qilmishni sodir etganda aybdor deb topib, unga nisbatan 4 460 000 so‘m jarima jazosi tayinladi.

Sudda huquqbuzar qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, bunday holat takrorlanmasligiga va’da bergani aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda M. Saidovning haqoratlarga to‘la audiosi tarqalgandi. Unda hokim bir guruh fermerlarni yerga vaqtida ishlov bermayotganlikda ayblash asnosida yozib bo‘lmaydigan gaplar bilan haqorat qiladi. Audio tarqagach, holat bo‘yicha prokuratura organlari surishtiruv boshlagandi. Masala sud darajasiga chiqqani esa surishtiruvda hammasi tasdiqlanganini anglatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring