Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

14 yoshli qizning «boshini aylantirib» pulga ega chiqqan yigit ushlandi

14 yoshli qizning «boshini aylantirib» pulga ega chiqqan yigit ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 3 aprel kuni fuqaro 39 yoshli Q. O. Qamashi tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Unda 2021-yil 1-aprel kuni soat 09:30 larda 18 yoshli B. M. uning uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, voyaga yetmagan 14 yoshli qiziga yashash uyidan pullarini olib chiqib berishini aytib, jami 7 300 AQSh dollar pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, B.M. Q.O.ni daromadli joyda ishlashidan xabar topib, uning voyaga yetmagan qizi — 8-sinf o‘quvchisini aldab, u bilan gaplashib yurib, uyidagi pullarini olib chiqib bersa, yana o‘rniga qo‘yishga va’da qilib, ushbu jinoiy rejasini amalga oshirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, undan 6 000 AQSh dollar pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring