Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX xodimi qanday vaziyatda haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yishga haqli?

YPX xodimi qanday vaziyatda haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yishga haqli?

Foto:«Xabar.uz»

Agar sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qonunchilikda transportni boshqarish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazo qo‘llash belgilangan bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasi YPX xodimi tomonidan olib qo‘yilishi mumkin.

 Boshqa hollarda haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga, shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga tegishli yozuv kiritiladi va talon haydovchiga qaytarib beriladi.

Masalan: xavfsizlik kamari taqmaganlik uchun haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yish mumkin emas.

Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun esa haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi chunki, ushbu huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi belgilangan.

Eslatma: transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi faqat sud tomonidan qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring